Eskiz va ishchi chizma o‘rtasidagi farq
Eskiz g‘oyani ko‘rsatadi: bu yerda yotoqxona, bu yerda oshxona. Uni mijozga tushuntirish uchun ishlatiladi va unda aniq o‘lcham bo‘lmasligi mumkin.
Ishchi chizma esa hujjat. Undagi devor qalinligi 380 mm deb yozilgan bo‘lsa, quruvchi aynan 380 mm qiladi. Xato bo‘lsa — u qurilishda pul bo‘lib chiqadi.
To‘plamga nimalar kiradi
Quyida bir qavatli yoki ikki qavatli uy uchun standart to‘plam. Aynan shu ro‘yxat bo‘yicha Art Deco Study’ning AutoCAD kursida ishlanadi.
- Genplan (Ген. план) — uyning yer uchastkasidagi joylashuvi
- Kotlovan va poydevor yostig‘i rejasi
- Ustunlar joylashuvi rejasi
- Qavatlar rejasi — yerto‘la, 1-qavat, 2-qavat
- Yopma rejalari — har bir qavat uchun alohida
- Mebel joylashuvi rejalari
- Tom (kровля) rejasi
- Kesimlar — kamida 1-1 va 2-2
- Fasadlar — bosh va yon fasad, o‘qlar bo‘yicha
Nega buni bilish muhim
Loyiha byurosida ishga kirayotgan odamdan birinchi so‘raladigan narsa — to‘plamni to‘liq chiza olasizmi degan savol. Faqat plan chizishni biladigan odam yordamchi bo‘lib qoladi.
Frilansda ham shunday: mijoz «uy loyihasi» so‘raganda u aynan shu to‘plamni nazarda tutadi, bitta chiroyli planni emas.
Shuning uchun o‘qishning natijasi «AutoCAD’ni bilaman» emas, «to‘plamni mustaqil chizaman» bo‘lishi kerak.

