Interyer dizayn kurslari Toshkentda

Interyer dizayn kurslari Toshkentda ikki qismdan iborat bo‘lishi kerak: fazoviy yechim va uni ko‘rsata olish. Art Deco Study’da bu yo‘nalish Chilonzor-81 da, 3Ds Max (3D Max) kursi doirasida beriladi — 3 oy, 36 dars. Kurs davomida 3 ta interyer va 1 ta eksteryer loyihasini modellashtirib render qilasiz, portfolioyingizda 5 ta ish qoladi.

Interyer dizayn yo‘nalishida nima o‘rganiladi

Interyer dizayni faqat did emas — u o‘lcham, ergonomika va yorug‘lik bilan ishlash. Divan qayerda turishi, o‘tish yo‘li qanchaligi, rozetka qaysi balandlikda bo‘lishi — bularning hammasi yechimning bir qismi.

Ikkinchi qismi — taqdimot. Mijoz eskizni tushunmaydi, u renderni tushunadi. Shuning uchun o‘qishning yarmi modellashtirish, material va yorug‘likka ketadi.

  • Xona planirovkasi: zonalar, mebel joylashuvi, o‘tish yo‘llari
  • Stillar va material tanlash
  • 3D modellashtirish va sahna qurish
  • Yoritish stsenariysi va sifatli render

Eksteryer dizayn kursi sifatida

Eksteryer dizayn kursi ko‘pincha alohida izlanadi, lekin dastur va usul interyer bilan bir xil: o‘sha modellashtirish, o‘sha material va yorug‘lik, farqi faqat masshtab va tabiiy yorug‘likda.

Shuning uchun bizda eksteryer alohida kurs emas — u shu yo‘nalishning bir qismi. Kurs davomida bitta to‘liq eksteryer loyihasini bajarasiz: uy, fasad va hovli.

3D vizualizatsiya va portfolio

Bu yo‘nalishning yakuniy mahsuloti — render. Aynan u sizning ish qurolingiz va bir vaqtning o‘zida rezyumeningiz bo‘ladi.

Shuning uchun kurs portfolio bilan tugaydi: 5 ta tayyor ish. Buyurtmachi ham, ish beruvchi ham diplomni emas, shu ishlarni ko‘radi.

Sertifikatli dizayn kursi va portfolio

Bu sertifikatli dizayn kursi: yakunida davlat ro‘yxatidan o‘tgan sertifikat beriladi. Sertifikat rasmiy hujjat sifatida rezyumega ilova qilinadi.

Ammo bu sohada portfolio har doim ustun turadi. Portfolio bilan dizayn kursini tanlashning sababi ham shu — 5 ta tayyor render sizning haqiqiy rezyumeingiz bo‘ladi.

Bu yo‘nalish kimlar uchun

  • Interyer va eksteryer dizaynerligini noldan boshlamoqchi bo‘lganlar
  • AutoCAD’ni bilib, 3D vizualizatsiyaga o‘tmoqchi bo‘lganlar
  • Dizayn va arxitektura yo‘nalishi talabalari
  • Remont va mebel sohasida ishlaydiganlar

Shu yo‘nalish kursi

3Ds Max (3D Max) — interyer va eksteryer dizayn kursi

3 oy · 36 dars · 1 200 000 so‘m / oyiga

Batafsil

Bu yo‘nalish qaysi kasbga olib boradi

Interyer dizayner

Interyer dizayneri bo‘lish uchun rasm chizishni bilish shart emas — kerak bo‘lgani fazoviy fikrlash va 3D dasturda g‘oyani ko‘rsata olish.

Batafsil

Ikkinchi yo‘nalish

Arxitektura kurslari Toshkentda

Arxitektura kurslari Toshkentda odatda ikki narsani o‘rgatadi: chizma tili va loyihalash mantiqi.

Batafsil